12:56 / 10.06.2018
4 595

Gretsiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi

Gretsiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi
Gretsiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Hunarmand» uyushmasi vakillari O‘zbekistonning Gretsiyadagi bosh konsulligi va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mazkur mamlakatga safar uyushtirdi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad Afinada o‘zbek hunarmadlik buyumlari, jumladan, gilamlar, so‘zanalar, milliy liboslar, keramika va boshqa suvenir mahsulotlari sotish bo‘yicha savdo uyini ochish imkoniyatini o‘rganish bo‘ldi.

Safar doirasida shaharning sayyohlar eng gavjum hududlari — Plaka, Monastiraki va Kolonakida suvenirlar sotuvi bilan shug‘ullanadigan qator grek kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mezbonlar o‘zbek suvenirlari va gilamlari namunalari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha Afinada, Plaka hududida o‘zbek hunarmandlari savdo uyini ochish haqidagi kelishuvga erishildi. Yaqin orada bu yerga O‘zbekistondan suvenirlar va gilamlarning ilk turkumi jo‘natiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Gretsiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi