16:58 / 27.06.2018
5 855

O‘zbekiston Shveysariyaga qancha oltin sotdi?

O‘zbekiston Shveysariyaga qancha oltin sotdi?
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan qariyb yarmi (49 foizi) Shveysariyaga oltin eksport qilish hissasiga to‘g‘ri keldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yurtimizda to‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha tovarlar eksporti 2,6 milliard dollar, importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Mahsulotlar importi hajmining oshishi ishbilarmonlarning iqtisodiyotning norasmiy sektoridan bank sektoriga o‘tishi, shuningdek, xorij valyutasidagi kreditlar ko‘magida korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish hisobiga bo‘ldi.

Eksport tovarlarining umumiy hajmida oltin (1,3 milliard dollar) va gaz (487,2 million dollar) ustunlik qilib, ular eksport summasining 61 foizini qamrab oldi.

Xalqaro bozorlarda shakllangan oltin va gaz narxlari mamlakatning umumiy eksporti hajmiga sezilarli ta’sir qilgan bo‘lsa, Shveysariya o‘zbek tillasi eksport qilingan asosiy mamlakatga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Shveysariyaga qancha oltin sotdi?