4 059
Qozog‘iston kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtirayapti
Qozog‘istondan kuzdan boshlab O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtiryapti. Qolaversa, Tojikiston va Qirg‘izistonga shu muddatdan boshlab yoqilg‘i sotiladi.
Bu haqida “Vlast” manbasi “KazMunayGaz” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Daniyar Tiyesov ma’lumotiga asoslanib xabar berdi. Uning aytishicha, ayni paytda Qozog‘istonda ma’lum miqdorda benzin profitsiti paydo bo‘lgan. Lekin qo‘shnilarga yetkazib berish hukumatlararo bitimdan so‘ng boshlanadi. Bunga esa ma’lum vaqt ketadi. Yil oxirigicha Qozog‘iston 300-400 ming tonna benzin eksport qilishi mumkin.
“Bugungi kunda, agar zavodlarning ishlab chiqarish hajmlari belgilangan rejalarga to‘g‘ri kelsa, biz 1-1,2 million tonna benzin yetkazib bera olamiz”, - deydi Tiyesov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston o‘zining yuqori oktanli benzinga bo‘lgan hozirgi ehtiyojlarini qoplagani holda, bu turdagi yoqilg‘i importchisidan eksportchisiga aylandi.
Tiyesov qozoq benzini Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston bozorida Rossiyadan keltiriladigan muqobiliga raqobatbardosh ekanligini aytgan.
Qozog‘istondagi Pavlodar va Atirau neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya qilinishi tufayli mamlakatning avtomobil yoqilg‘isi importiga bo‘lgan tashqi bog‘liqligi kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi