Jahon banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Bu haqda “Xabar” nashri xabar bermoqda.
Moliyaviy ko‘mak O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli yuritish imkonini berishi barobarida, yangi ish joylari yaratishga asos bo‘ladi.
Jahon banki raisining muovini Kirill Myullerning ta’kidlashicha, ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tarixiy burilish pallasida. Ajratilgan kredit muhim ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
“Ajratilgan kredit O‘zbekistonda xususiy sektorga sarmoya kiritishda qo‘l keladi”, – degan Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Liliya Burunchuk.
Jahon banki O‘zbekistonda dehqonchilik, energiya, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, toza suv kabi jami 2,8 milliard dollar qiymatidagi 17 ta loyihani moliyalashtirayapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»