20:45 / 10.07.2018
6 937

Aloqabank naqd shaklda mikroqarz ajratishni yo‘lga qo‘ydi

Aloqabank naqd shaklda mikroqarz ajratishni yo‘lga qo‘ydi
Aloqabank naqd va naqdsiz shaklda mikroqarz ajratish xizmatini joriy qildi. Endilikda bank filiallari orqali 6 oygacha imtiyozli davr bilan naqd pulda yoki Aloqabank tomonidan emissiya qilingan plastik kartaga o‘tkazib berish orqali mikroqarzni rasmiylashtirish mumkin.

Muddati: 3 yilgacha (imtiyozli davr 6 oygacha).

Kredit ajratish shakli: Naqd pulda yoki AT “Aloqabank” tomonidan emissiya qilingan plastik kartaga o‘tkazib berish orqali.

Foizi:
Naqd pulda – yillik 35%, Plastik karta orqali – yillik 30%.

Miqdori:

Naqd pulda – mikroqarz bo‘yicha maksimal oylik to‘lov (asosiy qarz to‘lovlari va foiz to‘lovlari yig‘indisi) qarz oluvchining o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizidan oshmagan miqdorda (yoki o‘rtacha oylik ish haqining 9,6 barobari), lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmagan summada.

Plastik karta orqali – mikroqarz bo‘yicha maksimal oylik to‘lov (asosiy qarz to‘lovlari va foiz to‘lovlari yig‘indisi) qarz oluvchining o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizidan oshmagan miqdorda (yoki o‘rtacha oylik ish haqining 10,3 barobari), lekin eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmagan summada.

Qarz oluvchining nomida kredit mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha oylik to‘lov (asosiy qarz va foizlar bo‘yicha) uning o‘rtacha oylik daromadining 50 foizidan ortig‘ini tashkil qilgan taqdirda, mikroqarz ajratilmaydi.

Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- mikroqarz olish uchun ariza-buyurtmanoma;
- qarz oluvchining pasport nusxasi,
- yashash joyidan ma’lumotnoma;
- oxirgi 12 oy uchun daromadlar summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnomada lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
- qarz oluvchining STIR va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxalari;
- kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan birini taqdim qilish mumkin:
- uchinchi shaxs kafilligi;
- likvidli mol-mulk garovi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Aloqabank naqd shaklda mikroqarz ajratishni yo‘lga qo‘ydi