4 368
Byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbari va mansabdor shaxslari javobgarlikka tortildi
Joriy yil birinchi yarmida Moliya vazirligi tomonidan byudjetdan mablag‘ oladigan tashkilotlar va muassasalarda 2837 ta tekshiruv o‘tkazildi.
Natijada dahshatli manzara paydo bo‘ldi. 2334 ta holatda umumiy qiymati 279,2 milliard so‘m moliya tartiblariga rioya etilmagan holda sarflangani aniqlandi. Xususan, 35,2 milliard so‘m kamomad qilingan va o‘zlashtirilgan, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan, Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘laridan 120,7 mlrd. so‘mdan maqsadsiz foydalanilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar davomida yo‘qotilgan mablag‘larning bir qismi – 56,8 mlrd. so‘m qaytarildi. 1547 ta holat bo‘yicha materiallar qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi uchun huquq-tartibot organlariga berilgan. Masalan, “O‘zpaxtasanoat” tizimida 25,2 mlrd. so‘m noqonuniy sarflangani aniqlandi.
Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbari va mansabdor shaxslari umumiy qiymati 34,1 million so‘mlik ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda yurtimizda o‘z lavozimini suiste’mol qilib poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarni amalga oshirgan bir guruh yuqori mansab egalari qo‘lga olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?