17:50 / 16.07.2018
4 354

Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi

Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga asosan "Xabar" nashri ma’lumot berdi.

Farmonga muvofiq endilikda:
  • elektron tijorat orqali sotilgan qiymati uch ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida monitoringdan o‘tkazilmaydi;
  • tijorat banklariga qo‘yilgan to‘lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talab, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlariga tadbiq etilmaydi;
  • tovar va xizmatlarni internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali sotuvchi shaxslar o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) qo‘llagan holda amalga oshirish huquqiga ega.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi