O‘zbekistonda qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar sotila boshlashi haqida xabar berib o‘tgandik. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solishni tashkillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Tangalarni yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealari hamda jamiyat hayotidagi boshqa voqealarga bag‘ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki bunday tangalarni sotish va sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
Hujjatga muvofiq, Markaziy bank tangalari O‘zbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati bo‘yicha naqd pul shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan farq qiluvchi narxlarda kolleksiya, investitsiya va tezavratsiya (jamg‘arma) ob’ektlari sifatida muomalada bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va e’lon qiladi. Mazkur narx qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi uchun avvalgi kunning London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi (LBMA)ning ertalabki fiksing narxi va so‘mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursidan foydalanib belgilanadi.
Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va ularning joylashgan manzili haqida ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinadi.
Markaziy bank tangalari jismoniy shaxslarga naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari asosida, shu jumladan xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bank tangalarining yuridik shaxslarga sotuvi to‘lovni talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Loyiha bilan 3 avgustga qadar tanishish, unga taklif va izohlarni kiritish mumkin. 6 avgust kuni kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»