19:51 / 29.07.2018
4 463

Suvni tejagan shaxs yer solig‘idan ozod qilinadi

Suvni tejagan shaxs yer solig‘idan ozod qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 376-moddasiga asosan yuridik shaxslar tomchilatib sug‘orishdan foydalanilayotgan yer uchastkalarida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga yagona yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan.

Undan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi qarori bilan tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga tejalgan suv resurslaridan boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirish uchun foydalanish huquqi berilgan.

Oliy Majlis Quyi Palatasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tomchilatib sug‘orish tizimi va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga deklaratsiya qilingan narxlar bo‘yicha polietilen granula xarid qilish uchun har yillik kvotalar ajratilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Suvni tejagan shaxs yer solig‘idan ozod qilinadi