09:57 / 31.07.2018
4 076

Jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan Rossiyalik oligarxlar ma’lum qilindi

Jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan Rossiyalik oligarxlar ma’lum qilindi
WMT Consult tahliliy agentligi Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan biznesmenlar ro‘yxatini tuzdi.

Jahon chempionati tufayli sport va shahar infrastrukturasini barpo etish bo‘yicha eng ko‘p shartnomalarni Gennadiy Timchenko, Viktor Vekselberg, Oleg Deripaskalarga qarashli kompaniyalar qo‘lga kiritishgan.

«JCh-2018 shuningdek, Mixail Fridman, Alisher Usmonov, Leonid Fedun, Arkadiy Rotenberg, Dmitriy Kamenshik va boshqa taniqli oligarxlar ishtirokisiz o‘tmadi», — deyiladi WMT Consult tadqiqotida.

Ma’lumot berilishicha, turnirni tashkil etish 1,2 trillion rublga tushgan. Undan 134 milliard rubl stadionlar qurilishi va rekonstruksiyasiga, 352,5 milliardi aeroportlar, yo‘llar va transport infrastrukturasining boshqa ob’ektlari uchun sarflangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon chempionati ortidan daromad ko‘rgan Rossiyalik oligarxlar ma’lum qilindi