18:41 / 02.08.2018
4 790

Rublning «qulashi» taxmin qilinmoqda

Rublning «qulashi» taxmin qilinmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya davlat qarziga qarshi sanksiyalar joriy qilgan taqdirda, dollar kursi kamida 73 rublgacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg Citigroup tahliliy hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Tadqiqotda aytilishicha, Vashington «eng yomon ssenariyda», xususan, chet elliklarga federal qarz obligatsiyalarini sotib olish taqiqlangan holda shunday qadamga borishi mumkin. Ta’kidlanishicha, federal qarz obligatsiyalaridan norezidentlar chiqadigan bo‘lsa, o‘n yillik qimmatli qog‘ozlar yil oxirigacha 7.76 dan 8.61 foizgacha o‘sishi mumkin.

Bunday holatda, rubl kursi 15 foizga - bir dollar uchun 73 rublgacha qulaydi. Ayni paytda, yangi chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha sanksiyalar qo‘llash rublning taxminan 5% - bir dollar uchun 65-66 rublgacha zaiflashishiga olib keladi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar.

«Yozgi tanaffus tufayli AQSh Kongressi tomonidan hech qanday sanksiyalar kutilmayotgan bo‘lsa-da, bunday cheklovlar keyinchalik amalga oshirilishiga doir xatarlar mavjud. Ushbu hodisa tufayli kelib chiqadigan kapitalning qo‘shimcha chiqib ketishi oqibatida rubl zaiflashishi mumkin», - deyiladi Citigroup hisobotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rublning «qulashi» taxmin qilinmoqda