09:57 / 03.08.2018
4 383

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Turk tadbirkorlarga aytmoqchiman: O‘zbekistonga bugun kirishingiz kerak!» (video)

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Turk tadbirkorlarga aytmoqchiman: O‘zbekistonga bugun kirishingiz kerak!» (video)
Foto:«Toshkent.uz»
Toshkent shahar xokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida bir qator uchrashuvlarni o‘tkazdi. Uchrashuvlarda asosan Toshkent shahriga investitsiyalar kiritish borasida Turk investorlari bilan hamkorlik, qolaversa ular bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maqsadli ishlar haqida fikr almashdilar. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu o‘rinda Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etilayotgan tadbirkorlar va xorijiy investorlar ishtirokida «ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Ushbu tadbirlarda Turk investorlari ham ishtirok etishmoqda va ular allaqachon o‘z loyihalari doirasida amaliy ishlarni ham boshlab yuborgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning Turkiya Respublikasiga tashrifi ham aynan investorlarning Toshkentga kelishi mumkinligi va o‘z loyihalari bilan «Ochiq eshiklar kuni»da ishtirok etishlari, qolaversa poytaxtimizning infratuzilmasini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda albatta ularning tajribalari muhim rol o‘ynaydi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Turk ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu berar ekan «Turk sheriklarimiz bilan har yo‘lda hamkorlikka tayyormiz. «Alarko», «Yildirim», «Ayxanlar» va «Ixlas xolding» rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Barchalarini O‘zbekistonga taklif etyapmiz. Kelishsin, ko‘rishsin, o‘zlari tanlashsin qaysi sohaga sarmoya kiritish ma’qul ekanini va hamkorlikda ishlaylik...! Turk tadbirkorlarga aytmoqchiman: O‘zbekistonga bugun kirishingiz kerak! Bugun sizlar kirmasangiz, boshqa davlatlar ishbilarmonlari kiradi kiradi. Sizning o‘rningizni boshqalar egallaydi. O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsangiz - yo bugun, yo hech qachon! Albatta, biznesda har kimga joy bor, lekin ishbilarmonlar mening nima demoqchi ekanimni tushunishdi, deb o‘ylayman. Mening hokim sifatida eshigim turk do‘stlarimiz uchun har doim ochiq!» - deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Turk tadbirkorlarga aytmoqchiman: O‘zbekistonga bugun kirishingiz kerak!» (video)