4 648
Banklarda dollardagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi fevral oyidan buyon ilk marta o‘sdi
AQSh dollaridagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidan beri birinchi marta oshdi. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak beryapti.
1 yilga qadar muddatli barcha omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi iyun oyida 3,7%ni tashkil etdi (may oyida 3,6% va aprel oyida 3%). 1 yildan ortiq - 4,2% (avvalgi ikki oy 4% bo‘ldi).
Jismoniy shaxslar uchun stavka 3,8%gacha oshdi (may oyida 3,7%, aprelda 3% edi). Bu yerda 90 - 180 kunlik muddatga omonatni ochish eng foydali bo‘ladi - 4,3% (may oyida 3,8%).
Yuridik shaxslar uchun stavka 4,7%ga yetdi (may oyida 3,7%, aprel oyida 3,8%). Bu yerda 180 - 365 kunlik muddatga omonat ochish eng foydali bo‘ladi - stavka 5,1% (may oyida 3,4%).
Shunga mos ravishda, so‘mda omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavka tushib ketdi - jismoniy shaxslar uchun 15,3% va yuridik shaxslar uchun 11,4%. Taqqoslash uchun, may oyida stavkalar mos ravishda 15,5% va 13,1%ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani pasayish bilan yakunlayotgani xabar qilingdandi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi