15:02 / 27.08.2018
5 016

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 28 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 23,44 soʻmga qimmatlashgan va 1 dollar 7827 soʻmu 23 tiyinga teng boʻlib turibdi.

Yevro kursi esa 170 soʻmu 83 tiyinga koʻtarilib, 1 yevro 9096 soʻmu 02 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 76 tiyinga oʻsib, 1 rubl kursi 116,46 soʻmga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi oʻtgan haftadan yana oʻsa boshladi. Oʻtgan haftada kurs 13.59 soʻmga qimmatlashgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi