12:53 / 05.09.2018
4 825

YAIT va sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar yangilandi

YAIT va sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar yangilandi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobi 7 va 8-ustunlar bilan toʻldirildi. Ularda umumbelgilangan (8%) va imtiyozli stavkalar boʻyicha hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari alohida-alohida aks ettiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 1.01.2028 yilgacha Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga sugʻurta badallarining imtiyozli stavkasi (4,5%) qoʻllaniladi (30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmonning 8-bandi).

4 va 4a-ilovalar birlashtirildi. Unda har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan fuqarolarning oylik sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan 4a-ilova oʻz kuchini yoʻqotdi.

Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YAIT va sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar yangilandi