10:27 / 17.09.2018
5 040

Oʻzbekistonda dollar yana 8000 soʻmdan oshdi?

Oʻzbekistonda dollar yana 8000 soʻmdan oshdi?
Yakuniga yetayotgan haftaning seshanbasida dollarning Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan oʻrnatiladigan rasmiy kursi 19 soʻm 24 tiyinga oshib, 7862 soʻm 17 tiyinga yetgandi.

Valyuta birjasidagi shanba kungi savdolarda (bu shanba ish kuni boʻlgani uchun birja ham ishladi) dollarning qiymati 8000 soʻmlik marradan oʻtib, kurs 8003 soʻmga yetgan.

Valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi tijorat banklari ham kursni 8000 ga yaqinlashtirib qoʻygan — ularning aksariyati hozir dollarni 7980 soʻmdan sotib olishga (8060 soʻmdan sotishga) tayyor.

Valyuta birjasidagi oʻtgan haftadagi savdolar oxiri (8 sentyabr)da dollar kursi 7870 soʻmda toʻxtagan edi. Markaziy bank seshanba (11 sentyabr)dan amal qiladigan yangi kurs (7862 soʻm 17 tiyin)ni eʼlon qilgan 10 sentyabrda birjada dollar kursi 7889 soʻmgacha koʻtarilgan va, mana, shanbaga kelib, birjadagi kurs 8003 soʻmga yetdi.

Markaziy bankning dushanba (17 sentyabr) kuni eʼlon qiladigan va seshanba (18 sentyabr)dan amal qilishni boshlaydigan kursi ham, katta ehtimol bilan, birjadagi shanba kungi kurs (8003 soʻm)ga juda va juda yaqin boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda dollar yana 8000 soʻmdan oshdi?