20:00 / 17.09.2018
5 292

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin koʻtarildi

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 sentyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 176,83 soʻmga qimmatlashgan va 1 dollar 8039 soʻmga yetgan.

Yevro kursi esa 266 soʻmu 16 tiyinga koʻtarilib, 1 yevro 9347 soʻmu 75 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 5 soʻmu 46 tiyinga oʻsib, 1 rubl kursi 118,05 soʻmga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi oʻtgan haftadan yana oʻsa boshladi. Oʻtgan haftada kurs 23,44 soʻmga qimmatlashgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin koʻtarildi