11:56 / 19.09.2018
4 059

Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 1,3 mlrd dollar ajratadi

Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 1,3 mlrd dollar ajratadi
Islom taraqqiyot banki (ITB) va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida 2018-2021 yillarda 1,3 milliard dollarlik yangi hamkorlik strategiyasi imzolandi. Bu haqda ITB prezidenti Bandar Hojar xabar berdi, deya maʼlum qilmoqda Kun.uz nashri.

“Bugun biz hukumat bilan 1,3 milliard dollarlik hamkorlik strategiyasini imzoladik. Ushbu mablagʻ turli yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlanadi: transport, energetika, taʼlim va sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi sohalarida”, - dedi Hojar jurnalistlarga.

Islom taraqqiyot banki rahbarining taʼkidlashicha, bank Oʻzbekiston prezidenti va hukumati tomonidan tanlangan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. “Biz Oʻzbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.

Oʻzbekiston 2003 yil 3 sentyabrda ITBning toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ITB bilan hamkorlik davrida 926 mln dollarlik 17ta loyiha amalga oshirildi. Bugungi kunda 1 mlrd dollarlik 9ta loyiha amalga oshirish bosqichida turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 1,3 mlrd dollar ajratadi