13:42 / 21.09.2018
4 612

Oʻzbekiston oltinlari sotiluvchi asosiy eksport bozori Shveysariya boʻlib qoldi

Oʻzbekiston oltinlari sotiluvchi asosiy eksport bozori Shveysariya boʻlib qoldi
Markaziy bank hisobotiga koʻra, Shveysariya Oʻzbekistonning asosiy eksport bozori boʻlib qolmoqda.
Yilning birinchi yarmi yakunlari boʻyicha unga mamlakat umumiy eksportining 31 foizi toʻgʻri keldi. Taqqoslash uchun, Xitoyga 18 foiz, Rossiyaga esa 16 foiz toʻgʻri kelgan.

Mamlakat Shveysariyaga pulga chaqqanda 1,5 mlrd AQSH dollarilik mahsulotlar sotdi. Taqqoslash uchun, bu Osiyodagi barcha mamlakatlarga eksportdan (1,3 mlrd dollar) koʻproq va MDHning barcha davlatlariga eksport hajmidan biroz kamroq (1,6 mlrd dollar).

Oʻzbekistonning Shveysariyaga asosiy eksport mahsuloti - qimmatbaho metallar, xususan, oltin boʻlib qolmoqda. Ular umumiy hajmning 30 foiziga teng boʻldi.

“I chorakda oʻrtacha narxlar boʻyicha hisoblangan oltin sotish hajmi - 30 tonna, II chorakda - 6,6 tonnani tashkil qildi”, - deyiladi MB hisobotida.

Birinchi chorakda oltinning jahon narxlari oʻrtacha bir troya unsiyasi uchun 1 330,7 dollarni, ikkinchi chorakda - 1 307,2 dollarni tashkil etib, 1,8 foizga tushib ketdi.

Shunga koʻra, agar joriy yilning dastlabki uch oyida Oʻzbekiston 1,2 mlrd dollarlik qimmatbaho metallarni (umumiy hajmdan 44%) eksport qilgan boʻlsa, keyingi 3 oy ichida esa - faqat 310 mln dollarlik (12,3%) mahsulotlar eksport qilindi.

II chorakdagi pasayishlarga qaramasdan, qimmatbaho metallar butun yarim yillik yakunlari boʻyicha mamlakat eksportining asosiy mahsuloti boʻlib qoldi - 1,5 mlrd dollar. Bu Shveysariyaga amalga oshirilgan eksport hajmi bilan barobar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston oltinlari sotiluvchi asosiy eksport bozori Shveysariya boʻlib qoldi