08:31 / 30.09.2018
4 084

Rossiya moliya vazirligi rubl qiymati 17 yildan soʻng qanday boʻlishini taxmin qildi

Rossiya moliya vazirligi rubl qiymati 17 yildan soʻng qanday boʻlishini taxmin qildi
Rossiya moliya vazirligi rubl qiymati 2035 yilga qadar qay tarzda oʻzgarib borishi boʻyicha uzoq muddatli byudjet prognozini berdi. Davlat dumasiga kiritilgan hujjatga koʻra, 2017–2020 yillarda 61,9 rubl bir dollarga teng boʻladi.

Taxmin qilinishicha, 2021–2025 yillarda bir dollar 66,4 rubl, 2026–2030 yillarda 71,1 rubl va 2031–2035 yillarda 73,9 rublni tashkil etadi.

Moliya vazirligining taʼkidlashicha, bu nominal kurs hisoblanadi. Vazirlik rublning real kursi barqaror boʻlishini bildirmoqda.

Avvalroq, Oʻzbekistonda ham keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi sentyabr oyidan yana oʻsa boshlagani xabar qilingandi. 18 sentyabrdan dollarning soʻmga nisbatan rasmiy kursi roppa-rosa 8 039 soʻm boʻldi va bu oldingi haftadagi kursga nisbatan 176 soʻm 83 tiyinga oʻsishdir. Oʻzbek soʻmi 2017 yil 5 sentyabridan buyon — mamlakatda valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan beri dollarga nisbatan hali hech bu qadar qadrsizlanmagandi.

Markaziy bank valyuta almashuv kursi dinamikasi toʻgʻrisida axborot taqdim etdi. Unda Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarilayotganiga izoh berildi.

Izohga koʻra, joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz boʻlgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozogʻiston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) taʼsiri kuchaygan. Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu davlatlar valyutalari kurslarining keskin oʻzgarishi soʻm almashuv kursiga bir oydan uch oygacha boʻlgan muddatdan keyin oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Markaziy bank 2018 yilning qolgan oylari soʻm almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan keskin oʻzgarishi kutilmayotganligini bildirdi.

Oʻzbekistonda dollar kursining oshishi ortidan koʻplab joylarda yana valyutafurushlar paydo boʻlganligi xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya moliya vazirligi rubl qiymati 17 yildan soʻng qanday boʻlishini taxmin qildi