21:44 / 02.10.2018
5 776

Oʻzbekistonda dollar kursi yana keskin koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 3 oktyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 100,38 soʻmga qimmatlashgan va 1 dollar 8179,66 soʻmga yetgan.

1 yevro 23,58 soʻmga arzonlashib, 9468,77 soʻmni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 4,38 soʻmga qimmatlashdi va 1 rubl 125,84 soʻmga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi sentyabr oyidan yana oʻsa boshladi. Bir necha hafta avval kurs keskin qimmatlashgan, kurs 176,83 soʻmga oʻsib, 1 dollar 8039 soʻmga yetgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda dollar kursi yana keskin koʻtarildi