12:18 / 03.10.2018
4 412

Oʻzbekiston birjasida yevro 10 000 soʻmlik koʻrsatkichga qaytdi

Oʻzbekiston birjasida yevro 10 000 soʻmlik koʻrsatkichga qaytdi
Oʻzbekiston valyuta birjasida yevro 2 oktyabr kuni 10 ming soʻmlik koʻrsatkichda sotildi. Bundan Respublika valyuta birjasidagi maʼlumotlar darak bermoqda.

Birjada yevro bilan operatsiyalar valyutani erkinlashtirish boshlanganidan soʻng, may oyi boshida birinchi marta boshlandi.

Oʻshanda valyuta 10 100 soʻmlik narxda savdo qilindi, shundan keyin pasayish boshlandi va avgustda yevro 9 ming soʻmga yaqinlashdi.

Sentyabr oyi oʻrtalarida soʻm keskin tushib ketdi va yevro avvaliga 9 300 soʻmga qaytdi, keyin 9 500 soʻmga yaqinlashdi. Birjada yevro yanada tezlik bilan oʻsib bormoqda.

Markaziy bank soʻm pasayishini soʻnggi uch oy mobaynida tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi bilan izohladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston birjasida yevro 10 000 soʻmlik koʻrsatkichga qaytdi