15:25 / 04.10.2018
5 040

Benzin narxi pastlashi mumkinmi? Qozogʻiston benzinni Oʻzbekistonga eksport qilish huquqiga ega boʻldi

Benzin narxi pastlashi mumkinmi? Qozogʻiston benzinni Oʻzbekistonga eksport qilish huquqiga ega boʻldi
Qozogʻiston va Rossiya chorshanba kuni respublikaga benzin eksportini boshlashga ruxsat beruvchi bayonnomani imzoladilar, deya xabar beradi Kun.uz.

Avvalroq, “Kazmunaygaz” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari Doniyor Tiyesov Qozogʻiston kuzdan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni moʻljallayotgani haqida aytgandi - yil yakunlariga koʻra 400 ming tonnagacha eksport qilish rejalashtirilmoqda, 2019 yilda esa benzin eksporti hajmi 1-1,2 million tonnani tashkil etishi mumkin.

Keyinchalik Bozumbayev eksport qilishni boshlash uchun Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama kelishuvni oʻzgartirish zarurligini tushuntirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayev mamlakat rahbariyati qoʻshni davlatlarga benzinning ortiqcha qismini joʻnatishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Uning bildirishicha, oktyabr-noyabr oylarida yonilgʻi-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda Qozogʻistonda avval hech qachon boʻlmagan toʻxtashlarni amalga oshirish talab etiladi.

“Bugungi kunda ikkita modernizatsiya qilingan zavod bizga benzin profitsitini berdi. Agarda bu 500 ming tonna boʻlsa, mamlakat bozori mahsulotga toʻlib ketadi”, - deya maʼlum qilgandi Qozogʻiston energetika vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Benzin narxi pastlashi mumkinmi? Qozogʻiston benzinni Oʻzbekistonga eksport qilish huquqiga ega boʻldi