22:55 / 18.10.2018
3 701

Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda ming gektarlik issiqxona quradi

Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda ming gektarlik issiqxona quradi
“Oʻzekspomarkaz”da Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida oʻtkazilayotgan agrosanoat kompleksida kooperatsiya hamkorligini rivojlantirish mavzusidagi amaliy seminar davom etmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida “Oʻzekspomarkaz”da oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida oʻtkazilayotgan agrosanoat kompleksida kooperatsiya hamkorligini rivojlantirish mavzusidagi amaliy seminarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari S.Xodjayev Oʻzbekiston ayni vaqtda 60 ortiq davlatga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilayotgani, bunda Rossiya muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Mazkur forumda Rossiyada faoliyat yuritayotgan koʻplab tadbirkorlar ishtirok etmoqda. Ularning koʻpchiligi oʻzi uchun hamkorlar topishga ham ulgurgan. Misol uchun, “Niva Grinxauzis” kompaniyasi rahbari Umar Musayev ulardan biri.

Qayd etish joizki, mazkur korxona zamonaviy komplekslarni qurish va jihozlash bilan shugʻullanadi. Nafaqat Rossiyada, balki Markaziy Osiyoda davlatlarida koʻplab loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, yurtimizning turli viloyatlarida ana shunday yirik loyihalar bajarilmoqda. Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlari shular sirasidandir.

– Biz, Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi bilan hamkorlik qilish niyatidamiz, – deydi U.Musayev. – Ular bilan forum doirasida hamkorlik loyihasini imzoladik. Bunda ming gektardan koʻproq maydonda limon yetishtirish uchun issiqxona qurib beramiz. Unda meva saqlash va limonni qayta ishlash binolari qurish ham koʻzda tutilgan. Hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma korxonamiz orqali mahsulotlarni nafaqat Rossiyaga, balki MDH davlatlariga eksport qilamiz. Yangi tashkil etiladigan qoʻshma korxonaga 100 ming dollardan ortiq investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Bunda Rossiya banklari oʻz mablagʻi bilan ishtirok etadi. Oʻylaymanki, hamkorlikda Oʻzbekiston limonlarini dunyoning barcha davlatlariga eksport qilishga erishamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda ming gektarlik issiqxona quradi