02:06 / 23.10.2018
3 004

Oʻzbekiston – Amerika: biznes yanada rivojlanadi

Oʻzbekiston – Amerika: biznes yanada rivojlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda huquq, investitsiya va savdo sohalarida hamkorlik boʻyicha Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi qoʻshma qoʻmitasining uchinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizga investitsiyalarni jalb qilish sohasida hamkorlik qilish masalasi muhokama etildi.

Majlisda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat bermoqda. “Harakatlar strategiyasi” doirasida keng koʻlamli islohotlarning boshlangani Oʻzbekiston va Amerika oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga kuchli turtki berdi.

Uchrashuvda mamlakatda ochiq-oshkoralik, hisobdorlik boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va qonun ustuvorligini taʼminlash orqali investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor berilayotgani qayd etildi. Xususan, qishloq xoʻjaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, toʻqimachilik sanoati, sogʻliqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish uchun sarmoya jalb qilish imkoniyatlari muhokama etildi. Shu munosabat bilan mamlakatda investitsiya muhitini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida erishilgan natijalar haqida fikr yuritildi.

Majlisda huquqiy muhitni mustahkamlashning turli jihatlari, huquq, investitsiya va savdo sohalarida Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasining strategiyasi va boʻlajak tadbirlari, shuningdek bundan keyingi ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi qoʻshma qoʻmitasining toʻrtinchi majlisi muddatlari koʻrib chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston – Amerika: biznes yanada rivojlanadi