16:04 / 23.10.2018
2 900

Kerolin Lemm: "O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solamiz"

Kerolin Lemm: "O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solamiz"
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganimdan g‘oyat mamnun ekanimni aytmoqchiman. Bu mukofot ko‘p yillik do‘stona hamkorligimizni yanada rivojlantirish yo‘lida menga katta ishonch va rag‘bat bag‘ishlaydi.

Bugungi muzokaramizda O‘zbekistonda iqtisodiy, investitsiyaviy, shuningdek, me’yoriy-huquqiy sohalarni takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan muhim o‘zgarishlar haqida fikr almashdik.

Davlatingiz rahbari tashabbusi bilan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasiga a’zo kompaniyalar o‘zbekistonlik sheriklar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha imzolangan anglashuv memorandumlari asosida aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu kelishuvlar doirasida Amerika kompaniyalari mamlakatingizga 10 milliard dollarlik investitsiya kiritish niyatida.

O‘zbekiston bilan samarali hamkorligimiz 2017 yil sentyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtiroki doirasida Nyu-York shahrida o‘tgan uchrashuvimizdan so‘ng yangi bosqichga chiqdi. Joriy yil may oyida davlatingiz rahbarining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi chog‘idagi muzokaramiz o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha salmoqli hujjatlar imzolandi.

23 oktyabr kuni boshlanadigan Amerika biznesi haftaligi tadbirlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solishga xizmat qiladi. Ushbu tadbirlarda qator hujjatlar imzolashni mo‘ljallayapmiz. Bu amerikalik sarmoyadorlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini yanada oshirishda muhim omil bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kerolin Lemm: "O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solamiz"