20:59 / 30.10.2018
3 187

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida maydoni 314 gektar bo‘lgan teplitsalar ishga tushadi. Ushbu loyihani ishga tushirish uchun “Eko-kultura” kompaniyasi sarmoyasi 472 mln dollarni tashkil qiladi deb yozadi Sputnik AgroInvestor portali xabariga asosan.

Shuningdek kompaniya 1000 gektar maydonda mevalar yetishtirishni rejalashtirgan: gilos, abrikos, olcha, shaftoli va boshqalar. Bu loyihaning umumiy qiymati 92 mln. dollar.

Rossiya kompaniyasi shuningdek meva-sabzavotlarga quritish va muzlatish kabi ishlov berishni yo‘lga qo‘yadi hamda saqlash xonalari quradi.

“Eko-kultura” tayyor mahsulotining 40 %ini Rossiyaga, 60 %ini – Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropaga eksport qilishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi