12:30 / 31.10.2018
5 126

O‘zbekistonda ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi

O‘zbekistonda ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari hamda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni:

- Ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibini;

- Aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maxsus tartibini;

- Ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini;

- Davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar kontragentlari bilan o‘zaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalarni;

- Davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar bilan shartnomalar bo‘yicha ichki bozorda oldindan 15 foiz to‘lovni amalga oshirishga doir talabni;

- Ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlarni;

- Kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishishning amaldagi tartibini;

- moliyaviy iste’mol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlari)ni sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish.

b) 2018 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilar:

- Tovar-xom ashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha shu’ba xo‘jalik birlashmalarini tuzish;

- Import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish;

- Birja savdolarida xarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, xom ashyo va materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish to‘lov muddatidan kelib chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qat’iy belgilanadigan muddatlar va navbatlar bo‘yicha amalga oshirish tartibini belgilash.

v) 2018 yil 1 noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

- Eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

- Ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

- Yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi