22:43 / 06.11.2018
2 685

Rossiyadagi yirik agrofirmalardan biri O‘zbekistonda kartoshka yetishtirmoqchi

Rossiyadagi yirik agrofirmalardan biri O‘zbekistonda kartoshka yetishtirmoqchi
O‘zbekiston va Rossiyaning “KriMM” agrofirmasi yurtimizda kartoshka yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihani muhokamadan o‘tkazishmoqda. Bu haqida RFning Tyumen oblasti hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, har kuni “KriMM” agrofirmasi terminallaridan 400 tonna kartoshka va sabzavotlar chiqariladi. Uning ma’lum qismi O‘rta Osiyoga yuboriladi. Ulardan biri O‘zbekistondir. Ushbu davlatga uch ming tonna kartoshka jo‘natilyapti, deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston bilan to‘laqonli hamkorlik o‘rnatish imkoniyati mavjud. Tyumen oblasti gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning mazkur mamlakatga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida biz savdo sheriklarimizga “KriMM”ning urug‘lik kartoshkalarini sotib olish va uni o‘zlarida yetishtirishni taklif etdik. Shunday qilib sarxil mahsulotlarni may oyidayoq va hatto undan vaqtliroq o‘zimizga olib kelishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Ayni shu paytda bizda muayyan tanqislik yuzaga keladi va Tyumen oblast kartoshkani, jumladan, uzoq xorijdan ham qabul qiladi”, - dedi agrofirma bosh direktori Gennadiy Ryazanov.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tomonlar yetkazib berish logistikasini yaxshilashga kelishib oldilar.

“Bugun kartoshka yetkazib berishda juda ko‘plab nyuanslar bor, ular yo‘llarda ushlanib qolishlarni keltirib chiqaryapti. Bularning barchasini hal qilish va ortiqcha to‘siqlarni yo‘qotish kerak. O‘z navbatida O‘zbekistondan ortga qaytayotganda furalarimizni(yuk mashinalari) gilos, sarxil mevalar, qishda esa yangi piyoz, sarimsoq piyoz va olma bilan to‘ldirib olish bo‘yicha g‘oya ham bor. Mana shundagina to‘liq savdo hamkorligi yuzaga keladi. Mazkur takliflar shu kunlarda muhokama qilinyapti”, - dedi Ryazanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyadagi yirik agrofirmalardan biri O‘zbekistonda kartoshka yetishtirmoqchi