22:12 / 08.11.2018
3 651

Markaziy bank: O‘zbekiston aholisi oyiga $200-250 mln ayirboshlamoqda

Markaziy bank: O‘zbekiston aholisi oyiga $200-250 mln ayirboshlamoqda
O‘zbekiston aholisi bir oyda o‘rtacha 200-250 mln AQSh dollari miqdorida valyuta ayirboshlamoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lumot berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, birinchi yarim yillik mobaynida banklar aholidan deyarli 1,3 mlrd AQSh dollari miqdoridagi valyutani sotib olgan.

Raisning ta’kidlashicha, valyuta kursining liberalizatsiyasigacha valyuta birjasida bir oyda umumiy hisobda 700 mln AQSh dollari miqdorida savdolar amalga oshirilgan bo‘lsa, liberalizatsiyadan so‘ng savdolar hajmi 2,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 463,5 mln AQSh dollariga kamaydi va 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 26,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Oltin-valyuta zaxirasining kamayishiga asosiy sabab zaxiradagi xorijiy valyutaning kamayishi hisoblanadi.

Aholiga valyutani ayirboshlash uchun qulaylik yaratish maqsadida valyutalarni komissiyasiz konvertatsiya qilish mumkin bo‘lgan yangi bankomatlar o‘rnatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: O‘zbekiston aholisi oyiga $200-250 mln ayirboshlamoqda