18:26 / 18.11.2018
4 509

O‘zbekistonda soliqlar va majburiy to‘lovlar turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi

O‘zbekistonda soliqlar va majburiy to‘lovlar turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi
O‘zbekistonda soliqlar va majburiy to‘lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi. Bu haqda 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yilgi Davlat byudjeti muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida aytilgan.

2019 yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga yo‘naltirish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, fuqarolarning mehnat haqi tarzidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Umuman olganda, taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga soliqlar va majburiy to‘lovlarning kamayishi rejalashtirilgan.

2019 yilga mo‘ljallangan Byudjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Unda davlat byudjeti daromadlarining tushumi 102,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,2 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ya’ni davlat byudjetidagi tushumlar 2018 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 37,8 foiz o‘sishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, 2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 107,1 trln so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 34,4 foiz ko‘payishi kutilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4,0 trln so‘m, umumiy ta’limga 17,1 trln so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,8 trln so‘mni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga esa,12,1 trln so‘m yo‘naltiriladi yoki avvalgi yilga nisbatan 30,5 foiz o‘sish bilan umumiy xarajatlarga nisbatan 11,3 foizni tashkil etadi.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trln so‘m yo‘naltiriladi, bu esa, 478 ta aholi punktida turmush sharoitlari yaxshilanishini ta’minlaydi.

Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida 2019 yilda 372 ta ob’ektda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash, 1 916,1 km uzunlikdagi suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida markazlashgan suv ta’minotini qamrab olish 2019 yilda 77,0 foizga yetishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda soliqlar va majburiy to‘lovlar turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi