21:40 / 27.11.2018
5 349

Markaziy bank oltin tangani 12 700 000 so‘mdan sotuvga qo‘ydi

Markaziy bank oltin tangani 12 700 000 so‘mdan sotuvga qo‘ydi
Foto: Markaziy bank
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirayotgani haqida xabar qilgan edik.

Markaziy bank axborot xizmati esdalik tangalarning 28 noyabrdan boshlab sotiladigan narxlarini e’lon qildi.

Foto: Markaziy bank
Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank oltin tangani 12 700 000 so‘mdan sotuvga qo‘ydi