12:30 / 02.12.2018
3 646

O‘zbekistonda dollar kursi dushanba kuni 8315 so‘mgacha oshadi

O‘zbekistonda dollar kursi dushanba kuni 8315 so‘mgacha oshadi
3 dekabr kuni O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 16 so‘mga oshadi va qariyb 8315 so‘mni tashkil qiladi. Valyuta birjasidagi haftalik savdo natijalari shundan dalolat beradi.

Dollarning rasmiy kursi 16 haftadan buyon oshib kelmoqda. Avgustning o‘rtalarida dollar kursi 7783 so‘m edi. Shundan so‘ng 4 oyda rasmiy kurs 530 so‘mdan ko‘proq oshdi.

Birja kursi ham bu hafta 12 so‘m oshdi. Savdolarning so‘nggi kuni 1 dollar 8317 so‘m miqdoridagi kurs bilan yakunlandi. Umuman olganda, hafta davomida 500 mln AQSh dollari miqdorida savdo qilindi. Bu o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichdan 67 mln AQSh dollari ko‘proq.

Ma’lumotlarga qaraganda, oktyabr oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 87,8 mln AQSh dollariga ko‘payib, 26,5 mlrd AQSh dollariga yetdi. Ammo xorijiy valyutadagi zaxiralar yil boshidan buyon 14,04 mlrd AQSh dollaridan 11,08 mlrd AQSh dollariga kamaydi. Birgina oktyabr oyining o‘zida xorijiy valyutadagi zaxiralar 608,3 mln AQSh dollariga kamaygan.

Shu bilan birga 9 oy ichida O‘zbekistonning oltin eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar kamaydi. 2017 yilning 9 oyida oltin eksporti 3,36 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, bu yilgi ko‘rsatkich 1,59 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollar kursi dushanba kuni 8315 so‘mgacha oshadi