07:02 / 08.12.2018
3 318

“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi

“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi
Shu yil 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Muddati 1 yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi.

Olingan mablag‘lar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi