16:02 / 16.12.2018
4 174

O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish osonmi?

O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish osonmi?
“Korzinka” supermartketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish uchun qanday xususiyatlarga ega bo‘lish kerakligi haqida o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bizda tadbirkor bo‘lish juda oson. Buning uchun atigi quyidagi sifatlarni o‘zida mujassam qilish kifoya, xolos, - deb yozadi Hoshimov o‘zining telegram kanalida.

1) Maqsad sari intiluvchan
2) O‘ta qiziquvchan
3) O‘ziga ishongan
4) Sharoitlarga tez moslashuvchan
5) Ustomon
6) Pozitiv
7) Ambitsiyali
8) Aniq fikr, ilm va tasavvurga ega
9) Ishonchli
10) Sabrli
11) Faqat o‘z kuchiga suyanadigan
12) Dadil
13) Dunyo bir kamligini anglagan
14) Kechirimli
15) Yaratuvchan
16) Soniyalarda qaror qabul qila oladigan

Va nihoyat, - deya hazilomuz qo‘shib quygan :

17) Yangi yildan boshlab, ya’ni ikki haftadan so‘ng qay tarzda va qanday soliqlar to‘lashi kerakligini bilmasada, kelajak rejalarini tuza oladigan.

Ko‘rdingizmi, tadbirkor bo‘lish juda oson, demadimmi? ...

Albatta, ushbu ro‘yxatning so‘nggi punkti bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab tadbirkorlarni qiziqtirmoqda. Bir necha oy oldin O‘zbekistonda soliq kodeksining butunlay yangi konsepsiyasi ishlab chiqarilgan edi, lekin u hanuzgacha qabul qilinmagan. Sabab - Hukumat va Parlament yangi soliq kodeksi borasida haligacha yagona xulosaga kelishgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish osonmi?