15:28 / 17.12.2018
3 598

O‘zbekiston 2018 yilda importni keskin ko‘paytirdi

O‘zbekiston 2018 yilda importni keskin ko‘paytirdi
2018 yil yanvar-noyabr oylarida import hajmi 17 340,7 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati 36,8%) yetdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (41,9%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida eng yuqori o‘sish sur’atlari fevral, iyul, avgust, oktyabr oylarida kuzatilgan. Shuningdek, tovar va xizmatlar importi o‘sish sur’atlarining tahliliga asosan, 2018 yilning noyabr oyida import qilingan tovar va xizmatlar oktyabr oyiga nisbatan 0,6%ga kamaygan.

2018 yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 1 075,3 mln. AQSh dollari miqdorida qurilish materiallari importi hajmi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 27,4%ga o‘sib, umumiy import hajmining 6,2%ini tashkil qildi. Import qilingan qurilish materiallari tarkibidan sement (14,8%), yog‘och va yog‘och mahsulotlari (52,1%), asbest (3,8%), keramika mahsulotlari (3,1) hamda shisha va shisha buyumlar (5,0%) asosiy ulushni egallagan.

2018 yilning yanvar-noyabr oylarida qurilish materiallari import hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Qurilish materiallari importi hajmining o‘sishiga keng ko‘lamdagi qurilish-rekonstruksiya ishlar amalga oshirilishi sabab bo‘lmoqda.

Xizmatlar importi hajmi 2029,8 mln. AQSh dollarini yoki jami import hajmining 11,7%ini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,6%ga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar noyabr oyida, oktyabr oyiga nisbatan 11,2 mln. AQSh dollarga kam import qilindi va 1828,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

2018 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikaga 159dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 10 553,8 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 60,9%ini tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2018 yilda importni keskin ko‘paytirdi