12:58 / 17.12.2018
3 784

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12,95 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8325,59 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 42.72 so‘mga arzonlab, 1 yevro 9413.74 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 0.52 so‘mga tushdi va 124.70 so‘mni tashkil qildi

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi avgust oyi boshida 7783 so‘mgacha tushgandi. Kurs sentyabr oyidan yana o‘sa boshladi, sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashib, bir haftada 176,83 so‘mga o‘sdi va 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.

Shundan so‘ng rasmiy kurs 18 hafta davomida muntazam ko‘tarildi va o‘tgan haftada 8300 so‘mlik nuqtadan o‘tgan, lekin dekabr oyi boshiga kelib, ilk marta pasaygandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi