00:15 / 21.12.2018
5 121

Markaziy bank: «Odamlar narxlar o‘sishiga o‘rganib qoldi»

Markaziy bank: «Odamlar narxlar o‘sishiga o‘rganib qoldi»
O‘zbekiston Markaziy banki aholi ishonchini qozonish va o‘zbekistonliklar kutayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan pul-kredit siyosati masalalari bo‘yicha matbuot anjumanida MB Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev ma’lum qildi.

«Unchalik ham yaxshi vaziyat shakllanmadi: tadbirkorlar ham, aholi ham narxlar faqat oshadi, deya o‘ylamoqda. Chunki avval kurs faqat o‘sar edi. Agarda so‘nggi o‘n yildagi ayirboshlash kursiga e’tibor qaratsak, u doimiy ravishda o‘sdi, bu esa narxlar ham doimo o‘sishini anglatadi. Bunday tushunchaning shakllanishi — bu juda yomon», — dedi u.

AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi MB 2017 yil sentyabrida valyuta bozorini liberallashtirgunga qadar

AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi MB 2017 yil sentyabrida valyuta bozorini liberallashtirgandan keyin
Behzod Hamroyev MB joriy yil boshidan erta bosqichlarda inflyatsion xatarlarni aniqlash uchun doimiy monitoring yuritish amaliyotini joriy etdi. So‘rovda 700 jismoniy va 300 yuridik shaxs ishtirok etmoqda.

«Biz so‘rov o‘tkazishni boshladik. Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash — Markaziy bankning ustuvor vazifalaridan biri, biz qanday xatarlar kutayotgani va narxlar xilma-xilligi qanday kechishiga baho berishimiz uchun joylarda iste’mol narxlari dinamikasini tezkor kuzatishimiz lozim», — deya tushuncha berdi MB vakili.

2019 yilning birinchi yoki ikkinchi yarmida Markaziy bank prognozlashtirish va tahlil siyosati tizimini (FPAS) joriy etishni rejalashtirmoqda. «Shunday ekonometrik model yaratiladiki, unda barcha iqtisodiy o‘zgarishlar hisobga olinadi. Buning uchun biz xorijiy ekspertlarni jalb qilamiz, xodimlarimizni amaliyot o‘tash uchun jo‘natamiz», — dedi u.

Departament rahbari joriy yil yanvar oyidan buyon inflyatsiyaning barqaror tushishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.

«Yanvarda inflyatsiya 20,1 foiz, noyabrda 16,6 foizni tashkil etdi. Bazaviy inflyatsiyaning (oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va nazorat qilinuvchi narxlarni hisobga olmagandagi inflyatsiya) 11 oy ichida 14,1 dan 10,5 foizga tushishi juda muhim. Joriy inflyatsiyaning 16−17 foiz bo‘lishi — oddiy til bilan aytganda yomon inflyatsiya emas. Bu bir martalik inflyatsiya iqtisodiy islohotlar va liberalizatsiya oqibatida vujudga keldi. Ya’ni bu narxlarning yanada o‘sishiga olib keladigan surunkali inflyatsiya emas», — dedi mutaxassis.

Keyingi yilda Markaziy bank inflyatsiya darajasi 13,5−15,5%, 2020 yilda — 10−12%, 2021 yilda — 10 foizdan kam bo‘lishini bashorat qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: «Odamlar narxlar o‘sishiga o‘rganib qoldi»