21:08 / 22.12.2018
3 392

O‘zbekiston 2019 yilda ilk yevrobondlarini chiqaradi

O‘zbekiston 2019 yilda ilk yevrobondlarini chiqaradi
2019 yilda O‘zbekiston 500 mln AQSh dollari miqdoridagi 5-10 yillik yevroobligatsiyalarni chiqarmoqchi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk halqaro obligatsiyalar bo‘ladi. Bu haqda Turon24 "Reuters"ga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, dollarda ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish bilan "JP Morgan", "Deutsche Bank", "Citi" va "Gazprombank" shug‘ullanadi.

“Ular (O‘zbekiston hukumati) investorlar bilan noyabr oxirida uchrashishdi va muhokamalar ijobiy yakunlandi", deydi "Reuters" manbalaridan biri.

Oldinroq "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonga "VV-" kredit reytingini bergan edi.

Oktyabr boshida O‘zbekiston Moliya vazirligi yevroobligatsiyalarni chiqarishning yangi taklifini kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2019 yilda ilk yevrobondlarini chiqaradi