13:47 / 24.12.2018
3 367

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 25 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13 so‘m 96 tiyinga qimmatlashib, 8339 so‘m 55 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 65 so‘m 83 tiyinga qimmatlashib, 9479 so‘m 57 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 3 so‘m 79 tiyinga arzonlashib, 120 so‘m 91 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 56 so‘m 76 tiyinga qimmatlashib, 10 523 so‘m 85 tiyinni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi