08:50 / 25.12.2018
2 860

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalari pasayishda davom etadi

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalari pasayishda davom etadi
2018 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foiz pasaydi va 1 dekabrda 5,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston markaziy banki ma’lumotida keltiriladi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasi qatorasiga ikkinchi oy pasayishda davom etmoqda. Xususan, oktyabr oyi oxirida mazkur ko‘rsatkich 6,3 foizga teng edi.

Kredit foiz stavkalarining tushishi ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli kreditlarda kuzatilmoqda.

Qisqa muddatli kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 0,6 foiz tushgan va 8,4 foizni tashkil etgan.

Uzoq muddatli kreditlar foiz stavkasi noyabr oyida 0,5 foiz tushgan va 5,3 foizga teng bo‘lgan.

Biroq 91 kundan 180 kungacha beriladigan kreditlar foiz stavkasi oshmoqda. Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkasi dekabr oyida 13,6 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyiga nisbatan 3,1 foiz ko‘p.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalari pasayishda davom etadi
[/banner_pushhouse