00:09 / 27.12.2018
3 947

Ekspert fikri: O‘zbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida

Ekspert fikri: O‘zbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida
O‘zbekistonda benzin narxi sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushgandan keyin pasayadi, deb "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov ma’lum qilgandi.

Muammoni nima sababdan bir-ikkita yangi zavodlar yordamida yechib bo‘lmasligi haqida Iqtisod oliy maktabi Jahon energetik bozorlarini o‘rganish markazi direktori Vyacheslav Kulagin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Neft sohasi modernizatsiya qilinishi va bozor talablariga binoan yashashi kerak, deb hisoblaydi Vyacheslav Kulagin. Benzin narxiga jahon narxlarining yoqilg‘iga nisbatan o‘zgarib turishi baribir ta’sir qilaveradi.

“O‘zlari neft qazib oluvchi davlatlarning narxni past darajada ushlab turish uchun muayyan imkoniyatlari bor. Lekin ma’lumki, bu aslida davlat byudjeti, biror bir daromaddan voz kechish hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa O‘zbekistonning soliq, tartibga soluvchi siyosatiga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ekspert fikri: O‘zbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida