17:26 / 29.12.2018
3 950

O‘zbekistonda dollar kursi ikki haftalik o‘sishdan so‘ng yana pasayadi

O‘zbekistonda dollar kursi ikki haftalik o‘sishdan so‘ng yana pasayadi
Dushanba kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga kamayadi va 8336,25 so‘m bo‘ladi. Bu valyuta birjasidagi haftalik savdolardan kelib chiqmoqda.

Aytib o‘tish joizki, bu hafta birjada dollarga talab keskin oshdi. Agar o‘tgan xaftada valyuta savdosining umumiy hajmi 427,5 mln AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi haftadagi sotuvlar hajmi 619,6 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

Savdo haftasining birinchi kuni 8327 so‘mlik kurs bilan yakunlandi. Bir hafta davomida dollarning birja kursi 16 so‘mga oshdi. Dollarning rasmiy kursi dekabr oyining o‘zida ikkinchi bor tushmoqda. Oldingi pasayish 2,2 so‘mga teng bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollar kursi ikki haftalik o‘sishdan so‘ng yana pasayadi