21:22 / 04.01.2019
3 782

Qozog‘iston O‘zbekistonga benzin eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Qozog‘iston O‘zbekistonga benzin eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Qozog‘iston qo‘shni mamlakatlarga sotishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p benzinga ega. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Qozog‘iston «O‘zbekneftgaz» bilan neftni qayta ishlash zavodlaridan O‘zbekistonga benzin yetkazib berish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlaydi.

«Biz O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikiston bozorlariga qiziqish bildirmoqdamiz. Biz bundan manfaatdorimiz», — deydi energetika vaziri Qanat Bozombayev Qozog‘iston benzinining eksport salohiyatiga oid savollarga javob berar ekan.

O‘tgan yili Qozog‘istonning uchta neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan so‘ng bozor turib qolmasligi uchun Qozog‘istonning benzin eksportini boshlash niyati borligi ma’lum bo‘ldi.

Qozog‘iston va Rossiya oktyabr oyida yoqilg‘i-energetika kompleksida hamkorlikga doir bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi protokolni imzolagandi. O‘zgartirishlar Qozog‘iston benzinini MDH mamlakatlariga yetkazib berishda embargoni olib tashlash bilan bog‘liq.

Dekabrda Kanat Bozumbayev Qozog‘iston benzinini 2019 yilning fevralidan Qirg‘izistonga eksport qilinishi haqida xabar qilgandi. 2019 yilda Qozog‘istonda benzin eksporti 1,2 million tonnani tashkil qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qozog‘iston O‘zbekistonga benzin eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi