21:00 / 09.01.2019
3 644

Garvard bitiruvchisi Moliya vaziriga oʻrinbosar boʻldi

Garvard bitiruvchisi Moliya vaziriga oʻrinbosar boʻldi
Gʻolib Xoljigitov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori — Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gʻolib Xoljigitov 2001 yilda Shimoliy Arizona universiteti (AQSH), 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2012 yilda Garvard universitetlarini (AQSH) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori boʻlgan.

Hozirgi kungacha u “Bank of America Merril Lynch” korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari boʻyicha loyihalar menejeri (AQSH) lavozimida ishlagan.

Manba: UzA.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Garvard bitiruvchisi Moliya vaziriga oʻrinbosar boʻldi