14:23 / 11.01.2019
4 088

Markaziy bank milliy valyuta denominatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi

Markaziy bank milliy valyuta denominatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi
O‘zbekiston Markaziy bankidan Kun.uz’ga ma’lum qilishlaricha, milliy valyutaning denominatsiyasi (pul qiymatini o‘zgartirish) yuz bermaydi. Avvalroq qator OAVda prezident Shavkat Mirziyoyev 100 000 so‘mlik yangi kupyurani valyutaning keyinchalik denominatsiyasi bilan chop etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Matbuot xizmatidan tasdiqlashlaricha, Markaziy bank yangi kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning nominal qiymati hali o‘rnatilmagan.

«Ha, yangi banknotni chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Biroq, u qachon va qanday nominal qiymatda chiqarilishi hali ma’lum emas», - dedi suhbatdosh.

Shu bilan birga, so‘mning denominatsiyasi haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi.
O‘zbekiston Markaziy banki oxirgi marta 2017 yil avgustida yangi banknotni muomalaga chiqardi. O‘shanda bu 50 000 so‘mlik kupyura edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank milliy valyuta denominatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi