Yaqinda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi boshqaruvi raisi Erdo‘g‘on Oren bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda turk kompaniyasi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.
Erdo‘g‘on Oren yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo va aynan O‘zbekiston bozoriga kirish rejalari haqida ma’lum qildi. Uning aytishicha, O‘zbekiston olib borilayotgan islohotlar, o‘sayotgan iqtisodiy salohiyat hamda raqobat borasidagi ustunliklarni hisobga olganda ushbu mintaqadagi eng istiqbolli mamlakatdir.
O‘z navbatida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda xorijlik investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, mashinasozlik tarmog‘i uchun berilgan imtiyoz va preferensiyalar, mehnatga haq to‘lash darajasi, muhandislik kommunikatsiyalari narxlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Turk sarmoyadorining ta’kidlashicha, o‘rganishlar yakunidan kelib chiqqan holda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida 75 ot kuchidan 150 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan traktorlarni yig‘ishni tashkil rejalashtirilgan. Kelgusida esa mahalliylashtirish darajasi oshirib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?