06:27 / 23.01.2019
4 881

Belgiyaliklar O‘zbekistonda shakar zavodi quradi

Belgiyaliklar O‘zbekistonda shakar zavodi quradi
Belgiyaning mashhur DSEC kompaniyasi O‘zbekistonda shakar zavodini qurib berishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi D.Hakimov Bryusselda DSEC rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida to‘xtalib o‘tildi, deb yozmoqda "Halq so‘zi" nashri.

“Dunyo” agentligi xabariga ko‘ra, muloqotda O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 110 mln. yevrolik loyihani amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shundan 25 mln. yevrosini O‘zbekiston tarafi ajratsa, qolganini potensial investorlar yo‘naltiradi. Ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi O‘zbekistonda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Umuman olganda, ayni paytda yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berayotgan korxonalar soni 10 mingdan ortadi. Joriy yilda ushbu tarmoqda 55,4 mln. yevrolik sarmoyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, DSEC shakar, iste’mol yog‘i, bioyoqilg‘i va bioximikatlar ishlab chiqarish zavodlarini loyihalash va qurish bo‘yicha Yevropadagi yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Unga 1989 yilda asos solingan bo‘lib, yillik oboroti 200 mln. yevroni tashkil etadi. Ushbu kompaniya shu paytgacha dunyoning 30dan ortiq davlatida 50 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Belgiyaliklar O‘zbekistonda shakar zavodi quradi