11:16 / 29.01.2019
4 906

Oʻzbekiston Erondan neft sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda

Oʻzbekiston Erondan neft sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yoʻl tizimi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ikki davlat temir yoʻl sohasi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar koʻrib chiqilgan.

Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yoʻnalishlarni koʻrib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha fikr yuritilgan.

Foto: Oʻzbekiston temir yoʻllari
– Maʼlumki, Oʻzbekiston Sharqiy Osiyo, yaʼni Xitoy davlati bilan tashuvlarni amalga oshirishda eng muhim va qisqa tranzit hudud hisoblanadi, – deydi delegatsiya rahbari Ahmadiy Babak. – Shu bois, ishonchli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki davlat temir yoʻl tizimi oʻrtasidagi tashuvlar sonini oshirish davr taqozosidir. Endilikda, ushbu yoʻnalish boʻyicha konteynerlar orqali tashuvlar hajmini oshirishni rejalashtirganmiz. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozogʻiston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borildi.

Taʼkidlanishicha, keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida Oʻzbekiston paxtasi va toʻqimachilik mahsulotlariga boʻlgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, Erondan neft mahsulotlarini olib kelish va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasida ham takliflar bildirilgan.

Uchrashuv soʻnggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yigʻilish bayonnomasi imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston Erondan neft sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda