12:36 / 19.02.2019
6 303

O‘zbekiston 2019 yilni oltinni faol sotish bilan boshladi

O‘zbekiston 2019 yilni oltinni faol sotish bilan boshladi
Oltin yanvar oyida asosiy eksport mahsulotiga aylandi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Yanvar oyida O‘zbekiston 1,6 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qildi. Bundan oltin hissasiga 812 million dollar to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda ham shunday holat kuzatilgandi, yanvar oyida mamlakat 1,4 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilgan, biroq o‘shanda oltin hissasiga 846 million dollar to‘g‘ri kelgan.

Xizmatlar eksporti 201 mln dollarni, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari - 248,5 mln dollar, to‘qimachilik mahsulotlari - 107,5 mln dollarga teng bo‘ldi. Umuman olganda, eksport hajmi oltinni hisobga olmaganda 46,1 foizga ortib, 863,6 mln dollarni tashkil etdi.

2018 yilda O‘zbekiston 2,9 mlrd dollarlik oltin sotdi. U eksportning asosiy mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Masalan, 1,1 milliard dollarlik qora va rangli metallar, 1,6 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1 milliard dollarga oziq-ovqat mahsulotlari sotildi.

2018 yilning kuzida O‘zbekiston oltin eksportini to‘xtatdi va bu mamlakatning oltin zaxiralarini ko‘paytirish imkonini berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2019 yilni oltinni faol sotish bilan boshladi